Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholi murojaatlari asosida ichimlik suvi ta’minoti ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputatlar hududdagi bunyodkorlik va ishlab chiqarish loyihalari bilan tanishdi
янв.21
Qiziriq tumani Kengashi faoliyati samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Deputat ishtirokida ustozlarga ehtirom ko‘rsatildi
янв.21
“Rabotak” mahallasida ko‘p qavatli uylar qurilishi jarayonlari o‘rganildi
янв.21
“Yetimqum” mahallasida qurilishi yakunlanayotgan xususiy shifoxona faoliyati bilan tanishildi
янв.21
Deputat A.Xolmo‘minov mahalla aholisi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
янв.21
“Karmaki” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy ishlar deputat e’tiborida
янв.21
Bozordagi narx-navolar va sanitariya holati o‘rganildi
Korrupsiyaga qarshi kurashish — deputatlar e’tiborida

📌 Korrupsiyaga qarshi kurashish — deputatlar e’tiborida

👥 Xalq deputatlari tuman Kengashining 8-Balandchayla saylov okrugi deputati O.Xo‘janov hamda 20-Bunyodkor saylov okrugi deputati E.Xayitov tomonidan “Hududgaz Qashqadaryo” gaz ta’minoti Qamashi tumani filialida “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘RQ-419-sonli Qonun ijrosi yuzasidan atroflicha o‘rganish ishlari olib borildi.

📣 Deputatlar tomonidan mazkur qonunning mazmun-mohiyatini keng tushuntirish, uning amaliy ahamiyatini aholiga yetkazish hamda fuqarolar o‘rtasida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan targ‘ibot ishlari olib borildi.

⚖️ Fuqarolarga korrupsion holatlarning oldini olish, bunday huquqbuzarliklar uchun belgilangan javobgarlik choralarini tushuntirish, shuningdek, shaffof va halol xizmat ko‘rsatish tizimini shakllantirishning ahamiyati yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.