Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi deputati B. Ochildiyev deputatlar o‘z okruglarida o‘rganishlar olib borishi yuzasidan ishlab chiqilgan haftalik taqsimotga ko‘ra tuman Kengashi kotibiyati mudiri K. Muhammadiyev bilan birgalikda joylarga chiqdi.
янв.21
Deputat tomonidan mahallada ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar o‘rganildi
янв.21
Ta’lim tizimidagi muammolar o‘rganilmoqda va muhokama qilinmoqda
янв.21
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari huzurida Yoshlar maslahat guruhini tashkil etish toʻgʻrisida”gi KQ-102-V-sonli (https://lex.uz/docs/-7433536) qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi huzurida tashkil etilgan Yoshlar maslahat guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari hamda Kengash huzuridagi ekspert guruhi a’zolaridan iborat ishchi guruh tomonidan tuman tibbiyot birlashmasi va uning tizimlari holatini o‘rganish ishlari izchil davom ettirildi.
янв.21
Tibbiyot tizimida moddiy-texnika ta’minoti tahlil qilindi
янв.21
Tibbiyot muassasalarida o‘rganishlar olib borildi
янв.21
Mahallada hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Deputat faoliyati
янв.21
Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Deputat tomonidan o‘rganildi

 Deputat tomonidan o‘rganildi 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashiga “14 – Xonobod” saylov
okrugidan saylangan deputat M.Axmadalieva Xonobod mahalla fuqarolar yig‘inida “mahalla
yettiligi” faoliyatini o‘rgandi. 

O‘rganishlar davomida asosiy e’tibor mahalladagi ijtimoiy xodimning
o‘z xizmat vazifalarini bajarishiga qaratildi. Xususan, “Ijtimoiy himoya yagona
reestri”ga kiritilgan 54 ta oila hamda 96 nafar nogironligi bo‘lgan fuqarolarga
ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordamlar holati o‘rganildi. 

Shuningdek, mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan yoshlar
bandligini ta’minlash, uyushmagan yoshlar bilan olib borilayotgan ishlar, sport
hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning samaradorligi tahlil qilindi. 

O‘rganishlar davomida har ikki xodim faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni
bartaraf etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.  

Slide 1 of 2