Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Yangiobod” mahallasida OShP faoliyati o'rganildi
янв.21
Tumandagi infratuzilma loyihalari bilan tanishildi
янв.21
“Qorasuv” mahallasida — mahalla yettiligi bilan hamkorlik va fuqarolar qabuli
янв.21
ICHKI YO‘LLARNI ASFALTLASH ISHLARI NAZORATDA
янв.21
QVP QURILISHI NAZORATDA
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari hamda Kengash huzuridagi ekspert guruhi a’zolaridan iborat ishchi guruh tomonidan tuman tibbiyot birlashmasida o‘rganish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
янв.21
🥇Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi deputati Qurbonqul Egamberdiyeva “Adabiyot va madaniyat rivojiga qo‘shgan hissasi uchun” medali bilan taqdirlandi.
янв.21
Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi deputati B. Ochildiyev deputatlar o‘z okruglarida o‘rganishlar olib borishi yuzasidan ishlab chiqilgan haftalik taqsimotga ko‘ra tuman Kengashi kotibiyati mudiri K. Muhammadiyev bilan birgalikda joylarga chiqdi.
янв.21
Deputat tomonidan mahallada ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar o‘rganildi
янв.21
Ta’lim tizimidagi muammolar o‘rganilmoqda va muhokama qilinmoqda
G.Safarova Uzun oilaviy poliklinikasidagi dori-darmon ta’minotini o‘rgandi.

G.Safarova Uzun oilaviy poliklinikasidagi dori-darmon ta’minotini o‘rgandi.

🏛13-Guliston saylov okrugi deputati G.Safarova hududda joylashgan Uzun Oilaviy poliklinikasiga tashrif buyurib, muassasa faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

🔹Tashrif davomida poliklinikada aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, fuqarolarga berilayotgan bepul dori-darmonlar ro‘yxati hamda ularni tarqatish tartibi o‘rganildi. Shuningdek, dori vositalarining saqlanish sharoiti, hisobini yuritish jarayoni va mavjud zaxiralar holati ko‘zdan kechirildi.

🔹Deputat tibbiyot xodimlari bilan muloqot qilib, aholiga bepul dori vositalarini belgilangan tartib asosida yetkazib berish va ularning sifatli saqlanishini ta’minlash muhimligini ta’kidladi. Aniqlangan ayrim masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.  

Slide 1 of 2