Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hududlarni rivojlantirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi deputatlar e’tiborida
янв.21
"Qorasuv" mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
Hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan aholini kambag‘allikdan chiqarish ishlari o'rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi deputati Q.Igamberdiyeva tumandagi “Istara” mahallasida mahalla aholisi, nuroniylar hamda faollar tomonidan olib borilayotgan keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari bilan joyida tanishdi hamda ushbu jarayonlarda bevosita qatnashdi.
янв.21
Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi raisi J. Xudoyqulova tumandagi “Xalqobod” mahallasida bo‘lib, aholi tomorqalaridan foydalanish holati bilan joyida tanishdi.
янв.21
Mahallada hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan aholini kambag‘allikdan chiqarish ishlari o'rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashiga “Navro‘z” saylov okrugidan saylangan deputat K. Umirov bugun “Navro‘z” mahallasida bo‘lib, hududdagi mavjud muammolarni o‘rganish maqsadida joyiga chiqdi.
янв.21
"Zartepa" mahallasida ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rganish olib borildi
янв.21
Kollektor tarmoqlarini ta’mirlash ishlari nazoratda
янв.21
Tumanda tomorqalardan samarali foydalanish masalalari deputatlar tomonidan o‘rganildi
Payshanba – Yoshlar Kuni: “Deputat va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari bilan haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” deb e’lon qilingani yurtimiz yoshlari hayotida muhim voqea bo‘ldi. Mazkur tashabbus yoshlarning muammo va takliflarini tizimli o‘rganish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda tashabbuslarini ro‘yobga chiqarishga keng yo‘l ochmoqda.

Shu munosabat bilan 22-Sardoba saylov okrugi deputati Bo‘taeva Farog‘at Atoyevna hududdagi yoshlar bilan “Deputat va yoshlar” mavzusida ochiq muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar, taklif va tashabbuslari bilan faol ishtirok etdilar. Ayniqsa, bandlik, ta’lim, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish, yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga doir masalalar yuzasidan fikr almashildi. Deputat tomonidan bildirilgan murojaatlar va takliflar atroflicha tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Samimiy va ochiq ruhda o‘tgan uchrashuv yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning jamiyat hayotidagi o‘rnini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.

Slide 1 of 4