Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Shodlik” mahallasida deputatlar bilan ochiq muloqot va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash
янв.21
Deputatlar va mahalla yettiligi: hamkorlikda taraqqiyot yo‘lida
янв.21
“Shodlik” mahallasida jamoat xavfsizligi va jinoyatchilikka qarshi kurash holati o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi va obodonlashtirish ishlari joyida o‘rganildi
янв.21
“Deputat nazoratida obodonlashtirish va ijtimoiy loyihalar”
янв.21
Mahalladagi o‘zgarishlar joyida o‘rganildi
янв.21
Mahallada muammolar joyida o‘rganildi
янв.21
Deputatlar joylarda: amaliy o‘rganishlar olib borildi
янв.21
Kengash raisi "Yetimqum" mahallasida: o‘rganish, muloqot va ma’naviy tadbir
янв.21
Mahalla yettiligi bilan hamkorlikda saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
“Korrupsiya – davlat taraqqiyotiga tahdid” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati X. Turdiyev tashabbusi bilan Qorag‘uppa mahallasida joylashgan 44-maktabda “Korrupsiya davlatni tanazzulga olib keladi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda yoshlar, o‘qituvchilar hamda mahalla faollari ishtirok etdi. Suhbat davomida korrupsiyaning jamiyat va davlat rivojiga salbiy ta’siri, uning oldini olish chora-tadbirlari, fuqarolarning huquqiy ong va madaniyatini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Deputat X. Turdiyev o‘z nutqida korrupsiyaga qarshi kurashish har bir fuqaroning burchi ekanini ta’kidlab, yoshlarni halollik va adolat tamoyillariga sodiq bo‘lishga chaqirdi. Shuningdek, qonun ustuvorligini ta’minlash va jamiyatda ochiqlikni kuchaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Davra suhbati ishtirokchilarning savol-javoblari, fikr va takliflari bilan mazmunli va samarali o‘tdi.

Slide 1 of 2