Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Kengash raisi "Yetimqum" mahallasida: o‘rganish, muloqot va ma’naviy tadbir
янв.21
Mahalla yettiligi bilan hamkorlikda saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Deputat yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rganish olib bordi
янв.21
Saylovchilar bilan belgilangan jadval asosida navbatdagi qabul o‘tkazildi
янв.21
Yosh ijodkorlar — deputat e’tiborida
янв.21
“Zarobod” mahallasida dasturlar ijrosi deputatlik nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashining doimiy komissiyalari yig'ilishi bo'lib o'tdi.
янв.21
“Gulobod” mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
“Tinchlik” mahallasida tomorqadan samarali foydalanish ishlari o‘rganildi
янв.21
30-sonli umumta’lim maktabi faoliyati joyida o‘rganildi
Humo mahallasida jinoyatchilikka qarshi kurashish holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi deputati Vasila Soliyeva tumandagi Humo mahallasida bo‘lib, hududda jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holatini atroflicha o‘rgandi.

Tashrif davomida mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, profilaktika inspektorlari, yoshlar yetakchisi hamda tegishli mutasaddi tashkilotlar vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda hududdagi kriminogen vaziyat, so‘nggi davrda qayd etilgan huquqbuzarliklar tahlili, ularning kelib chiqish sabablari hamda profilaktik tadbirlar samaradorligi muhokama qilindi.

Ayniqsa, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va turli salbiy illatlarning oldini olish, ishsiz va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan manzilli ishlash, oilaviy nizolarni barvaqt aniqlash va bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, “Xavfsiz mahalla” tamoyili asosida tungi nazorat reydlarini kuchaytirish, huquqbuzarlikka moyil shaxslar bilan individual profilaktik suhbatlar o‘tkazish, aholi o‘rtasida huquqiy targ‘ibot ishlarini yanada faollashtirish yuzasidan takliflar bildirildi.

O‘rganish jarayonida mahallada mavjud muammolar, jumladan, ayrim ko‘chalarda yoritish tizimini yaxshilash, nazorat kameralari o‘rnatish, yoshlarni sport va to‘garaklarga kengroq jalb etish kabi masalalar ham ko‘rib chiqildi. Ushbu yo‘nalishlarda tegishli tashkilotlarga aniq vazifalar belgilab berildi.

Deputat tomonidan jinoyatchilikni barvaqt oldini olish, aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, fuqarolarning murojaatlari bilan tizimli ishlash hamda mahallada tinch va osoyishta muhitni mustahkamlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Ta’kidlash joizki, bu kabi o‘rganish va monitoring ishlari hududlarda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, fuqarolarning osoyishta hayot kechirishi hamda mahallalarda jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi. 

Slide 1 of 3