Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rganish olib bordi
янв.21
Saylovchilar bilan belgilangan jadval asosida navbatdagi qabul o‘tkazildi
янв.21
Yosh ijodkorlar — deputat e’tiborida
янв.21
“Zarobod” mahallasida dasturlar ijrosi deputatlik nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashining doimiy komissiyalari yig'ilishi bo'lib o'tdi.
янв.21
“Gulobod” mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
“Tinchlik” mahallasida tomorqadan samarali foydalanish ishlari o‘rganildi
янв.21
30-sonli umumta’lim maktabi faoliyati joyida o‘rganildi
янв.21
“Yangikent” mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Xomkon” mahallasidagi 15-sonli MTTda sharoitlar o‘rganildi
Saylovchilar bilan ochiq muloqot – islohotlar mazmuni va aholi farovonligi ustuvor

 Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashi deputati Zulfiyaxon G`ofurova o`z saylov okrugi hududida joylashgan Uzunko`cha MFY aholi vakillari bilan uchrashuv o`tkazdi. Mazkur uchrashuv ochiq muloqot shaklida tashkil etilib, unda mahalla faollari, nuroniylar, yoshlar hamda xotin-qizlar ishtirok etdilar. Uchrashuv davomida bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, xususan, Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan oqilona siyosatning mazmun-mohiyati haqida atroflicha so`z yuritildi. Ayniqsa, “inson
qadri uchun” tamoyili asosida xalqni rozi qilish, kambag`allikni qisqartirish, qo`shimcha ish o`rinlari yaratish, aholi daromadlarini oshirish va turmush sharoitlarini yaxshilash borasida belgilangan ustuvor vazifalar haqida tushunchalar berildi.
Deputat tomonidan hududda aholi bandligini ta`minlash, tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash, oilaviy biznesni rivojlantirish hamda yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunarga o`qitish orqali daromad manbalarini kengaytirish masalalariga alohida e`tibor qaratildi. Shuningdek, davlat dasturlari doirasida ajratilayotgan imtiyozli kreditlar, subsidiya va grantlardan samarali foydalanish yuzasidan tavsiyalar berildi. Muloqot davomida
aholi tomonidan ko`tarilgan muammolar va takliflar ham tinglandi. Ayrim masalalar joyida hal etildi, boshqalari yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda chora ko`rish bo`yicha rejalar belgilandi.
Uchrashuv yakunida deputat saylovchilar bilan doimiy muloqotni yo`lga qo`yish, hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni bosqichma-bosqich hal etish hamda belgilangan vazifalar ijrosi ustidan samarali deputatlik nazoratini amalga oshirish ustuvor vazifa ekanini ta`kidladi. Bunday ochiq muloqotlar aholi ishonchini mustahkamlash va mahallada ijtimoiy faollikni yanada oshirishga xizmat qiladi. 

  

   

Slide 1 of 3