Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Shodlik” mahallasida deputatlar bilan ochiq muloqot va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash
янв.21
Deputatlar va mahalla yettiligi: hamkorlikda taraqqiyot yo‘lida
янв.21
“Shodlik” mahallasida jamoat xavfsizligi va jinoyatchilikka qarshi kurash holati o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi va obodonlashtirish ishlari joyida o‘rganildi
янв.21
“Deputat nazoratida obodonlashtirish va ijtimoiy loyihalar”
янв.21
Mahalladagi o‘zgarishlar joyida o‘rganildi
янв.21
Mahallada muammolar joyida o‘rganildi
янв.21
Deputatlar joylarda: amaliy o‘rganishlar olib borildi
янв.21
Kengash raisi "Yetimqum" mahallasida: o‘rganish, muloqot va ma’naviy tadbir
янв.21
Mahalla yettiligi bilan hamkorlikda saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Deputat mahallada

  Xotin-qizlar faolining ishi deputat nazoratida 

5-Mo‘minobod saylov okrugi deputati M.Qurbonova mahalladagi xotin-qizlar faoli tomonidan
amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligini o‘rgandi.
 

O‘rganish markazida quyidagi muhim masalalar bo‘ldi: 

📈"Ayollar daftari": Ro‘yxatga olingan xotin-qizlarning muammolarini
hal etish darajasi, ularga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy, huquqiy va psixologik
yordamlar holati.
 

🛠 Bandlik va tadbirkorlik: Ishsiz ayollarni kasb-hunarga o‘qitish, ularning bandligini
ta’minlash hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi
amaliy ishlar.
 

🏠 Oilaviy muhit: Nizoli oilalar bilan ishlash, xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va
zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar.
 

"Mahalla xotin-qizlar faoli — ayollarning eng yaqin ko‘makchisi va himoyachisi bo‘lishi
kerak. Har bir ayolning murojaati e’tibordan chetda qolmasligi shart", —
dedi M.Qurbonova.