Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Zarabod" mahallasida deputat va saylovchilar o‘rtasida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi
янв.21
Mahallada soliqchi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputatning saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuvi o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi o‘tkazildi.
янв.21
"Takiya" mahallasining infratuzilmasi, sport va sog‘liqni saqlash holati o‘rganildi
янв.21
"Kunchiqish" mahallasida ijtimoiy xizmatlar va 41-QOP faoliyati o‘rganildi
янв.21
Qiziriq tumani Tibbiyot birlashmasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi holati o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT MAHALLADA NAZORAT-TAHLIL TADBIRINI O‘TKAZILDI
янв.21
Fuqarolar murojaati deputat nazorati ostida.
Prezident Murojaatnomasi mazmun-mohiyati targ‘ib qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida Toyloq tumani Tibbiyot birlashmasida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda tumandagi tibbiyot muassasalari rahbarlari, bo‘lim boshliqlari hamda faol mehnat vakillari ishtirok etdi.

Tadbirni Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi deputati N. Baxriyev ochib berdi. Deputat o‘z so‘zida Prezidentimiz Murojaatnomasida belgilab berilgan ustuvor vazifalar, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohasini rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda mahalla tizimini takomillashtirishga qaratilgan muhim yo‘nalishlar bilan bir qatorda, davlat va jamiyat boshqaruvida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, korrupsiyaga qarshi kurashish, mansab vakolatlaridan suiiste’mol qilish holatlarining oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratilganini ta’kidladi.

Mazkur targ‘ibot tadbiri davomida sog‘liqni saqlash tizimida xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, fuqarolar bilan ishlashda halollik va mas’uliyatni kuchaytirish, korrupsiyaviy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik hamda qonun ustuvorligini ta’minlash muhimligi qayd etildi.

Mazkur targ‘ibot tadbiri ishtirokchilarga Murojaatnoma mazmunini chuqur anglash va belgilangan vazifalarni amalda ro‘yobga chiqarish bo‘yicha muhim tushunchalar berdi. 

t.me/Toyloq_tuman_Kengashi

Slide 1 of 5