Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatning saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuvi o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi o‘tkazildi.
янв.21
"Takiya" mahallasining infratuzilmasi, sport va sog‘liqni saqlash holati o‘rganildi
янв.21
"Kunchiqish" mahallasida ijtimoiy xizmatlar va 41-QOP faoliyati o‘rganildi
янв.21
Qiziriq tumani Tibbiyot birlashmasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi holati o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT MAHALLADA NAZORAT-TAHLIL TADBIRINI O‘TKAZILDI
янв.21
Fuqarolar murojaati deputat nazorati ostida.
янв.21
Oziq-ovqat mahsulotlarining sanitariya holati o‘rganildi
янв.21
Mktablarda iliqlik - nazorat ostida
O‘zbekiston – Yaponiya munosabatlari: strategik sheriklikning yangi bosqichi

O‘zbekiston – Yaponiya munosabatlari: strategik sheriklikning yangi bosqichi

Davlatimiz rahbarining Tokio shahriga amalga oshirgan rasmiy tashrifi O‘zbekiston – Yaponiya munosabatlari tarixida muhim va mazmunli voqea sifatida qayd etildi. Ushbu tashrif yakunlariga ko‘ra ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik kengaytirilgan strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgani xalqaro maydonda yurtimiz nufuzi oshib borayotganidan dalolat beradi.

Yaponiya O‘zbekistonning Osiyo mintaqasidagi eng ishonchli va uzoq muddatli hamkorlaridan biri hisoblanadi. Iqtisodiyot, sanoat, energetika, transport, ta’lim, sog‘liqni saqlash hamda “yashil texnologiyalar” sohalaridagi o‘zaro hamkorlik yil sayin yangi mazmun bilan boyib bormoqda. Ayniqsa, innovatsiya va yuqori texnologiyalarga asoslangan loyihalar mamlakatimiz taraqqiyotiga xizmat qilmoqda.Kengaytirilgan strategik sheriklik maqomining berilishi ikki tomonlama munosabatlarni yanada chuqurlashtirish, investisiyalarni jalb etish, hududlar rivojini qo‘llab-quvvatlash uchun mustahkam huquqiy va siyosiy asos yaratadi. Bu esa, o‘z navbatida, hududlar, jumladan Navoiy viloyati uchun ham yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.

Navoiy shahrida sanoatni rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash, zamonaviy ish o‘rinlarini yaratish borasida xorijiy tajriba va investisiyalarni jalb etish muhim ahamiyatga ega. Yaponiyaning ilg‘or tajribasi, yuqori madaniyatli ish uslubi va innovasion yondashuvlari mahalliy rivojlanish jarayonlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi shubhasiz.

Ishonamizki, O‘zbekiston – Yaponiya munosabatlarining yangi bosqichi mamlakatimiz taraqqiyoti, hududlar ravnaqi va aholi turmush darajasini oshirishga munosib hissa qo‘shadi.

🇺🇿Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati

Hafizov Jo‘rabek O‘ktam o‘g‘li

Slide 1 of 1