Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatning saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuvi o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi o‘tkazildi.
янв.21
"Takiya" mahallasining infratuzilmasi, sport va sog‘liqni saqlash holati o‘rganildi
янв.21
"Kunchiqish" mahallasida ijtimoiy xizmatlar va 41-QOP faoliyati o‘rganildi
янв.21
Qiziriq tumani Tibbiyot birlashmasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi holati o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT MAHALLADA NAZORAT-TAHLIL TADBIRINI O‘TKAZILDI
янв.21
Fuqarolar murojaati deputat nazorati ostida.
янв.21
Oziq-ovqat mahsulotlarining sanitariya holati o‘rganildi
янв.21
Mktablarda iliqlik - nazorat ostida
Aholiga sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar:

Aholiga sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar:

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengash deputatlari G.Shafoatova, K.Abdullayeva va Termiz tuman IIB tezkor qidiruv xizmati jinoyat qidiruv bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i Mayyor N.Safarxojiyev Termiz tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan aholiga o‘z vaqtida, sifatli va zamonaviy tibbiy xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish maqsadida bir qator chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda.

So‘nggi yillarda tibbiyot muassasalarini zamonaviy asbob-uskunalar bilan ta’minlash, tibbiy xizmat ko‘rsatish madaniyatini oshirish hamda diagnostika jarayonlarini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Jumladan, “O‘pen byudjet” platformasi orqali tuman tibbiyot birlashmasiga mammografiya apparati, gastroduodenoskop, ultratovush diagnostikasi (UZI) hamda LOR (quloq-burun-tomoq) apparatlari olib kelindi.

Mazkur zamonaviy uskunalarning o‘rnatilishi natijasida bemorlarni erta tashxislash, kasalliklarni ilk bosqichda aniqlash, davolash jarayonlarini tezlashtirish imkoniyatlari sezilarli darajada kengaydi.

Xususan, mammografiya apparati orqali ayollarda ko‘krak bezi saratoni erta aniqlanmoqda, gastroduodenoskop yordamida oshqozon-ichak tizimi kasalliklarini aniqlash sifati yaxshilandi, UZI apparati esa bir necha yo‘nalishdagi ichki a’zolarni aniqlik bilan tekshirish imkonini bermoqda. Shuningdek, zamonaviy LOR apparati yordamida quloq, burun va tomoq kasalliklarini samarali tashxislash yo‘lga qo‘yildi.

Shu bilan birga, barcha apparatlarni to‘liq quvvatda ishlatish uchun zarur infratuzilma, bino va muhit talablari to‘liq darajada mavjud emas. Hozirda ushbu yo‘nalishda sharoitlarni yaratish, apparaturalarni joylashtirish hamda xizmat ko‘rsatish tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

Natijada aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati oshib, bemorlarning tibbiyot muassasalariga bo‘lgan ishonchi yanada mustahkamlanmoqda.

Slide 1 of 7