Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahallada soliqchi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputatning saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuvi o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi o‘tkazildi.
янв.21
"Takiya" mahallasining infratuzilmasi, sport va sog‘liqni saqlash holati o‘rganildi
янв.21
"Kunchiqish" mahallasida ijtimoiy xizmatlar va 41-QOP faoliyati o‘rganildi
янв.21
Qiziriq tumani Tibbiyot birlashmasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi holati o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT MAHALLADA NAZORAT-TAHLIL TADBIRINI O‘TKAZILDI
янв.21
Fuqarolar murojaati deputat nazorati ostida.
янв.21
Oziq-ovqat mahsulotlarining sanitariya holati o‘rganildi
Deputatlar yoshlar bilan muloqot o‘tkazdilar.

 Deputatlar yoshlar bilan muloqot o‘tkazdilar. 

  Xalq deputatlari Quva tuman
Kengashi deputatlari yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazish maqsadida tumandagi
5-son umumta’lim maktabiga tashrif buyurdilar.
 

  Uchrashuv davomida deputatlar
o‘zlariga qonun bilan yuklatilgan vazifalar haqida to‘xtalib, tumanda amalga
oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish
jarayonlari, aholi, ayniqsa, yoshlarning manfaatlarini ifoda etish hamda
ularning taklif va tashabbuslarini davlat organlariga yetkazish masalalari
haqida atroflicha ma’lumot berishdi. Shuningdek, hududdagi dolzarb
ijtimoiy-iqtisodiy muammolar yechimini topishda deputatlarning ishtiroki va
yordami xususida ham so‘z yuritildi.
 

  Yoshlar ta’lim sifatini
oshirish, sport va madaniy tadbirlar uchun imkoniyatlarni kengaytirish
yo‘nalishlarda o‘z savol va takliflarini bildirdilar. Deputatlar esa har bir
masala yuzasidan batafsil javob berdilar.
 

  Ta’kidlash joizki, mahalliy
kengashlarning asosiy vazifasi - qonunchilik doirasida aholi manfaatlarini
himoya qilish, ularning orzu-umidlarini ro‘yobga chiqarish va xalq bilan
muloqot orqali muammolar yechimini topishdan iborat. Shu ma’noda, yoshlar bilan
o‘tkazilayotgan bunday ochiq suhbatlar ularning fikr va takliflarini tinglash,
qonunchilikda belgilangan vakolatlarni samarali amalga oshirishda muhim
ahamiyat kasb etadi.
 

  Uchrashuv samimiy va ochiq
ruhda kechdi. Yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar deputatlar
tomonidan qayd etildi va ularni amalga oshirish uchun chora-tadbirlar belgilandi.
  

Slide 1 of 8