Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

NOGIRONLARNING MUROJAATLARI O‘RGANILMOQDA

NOGIRONLARNING MUROJAATLARI O‘RGANILMOQDA 

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati Abdusamad Bakiyev bugun Bahoriston mahallasidagi bir qator xonadonlarga kirib, nogironligi bo‘lgan fuqarolarning yashash tarzi va ulardan kelib tushayotgan murojaatlar mohiyatini atroflicha o‘rganishdi.

Nogironlarga tibbiy xizmat ko‘rsatish, bepul dori-darmonlar berish, salomatligini tiklash, og‘ir sharoitda yashayotgan kasalmand fuqarolar ro‘yxatini shakllantirish borasida kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni amalga oshirishdi.

Shuningdek, mazkur masalada tuman tibbiyot birlashmasi ma’muriyatiga, oilaviy poliklinikalar mutasaddilariga hamda tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovnomalari yuborilishini ma’lum qilishdi.

Slide 1 of 1