Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI QIZILTEPA TUMANI DEPUTATI, TUMAN HOKIM BOLAJONLAR HOLIDAN XABAR OLDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI TUMAN KENGASHI RAISI RO‘YXATDAN O‘TDI.
янв.21
MEN ROʻYXATDAN OʻTDIM, SIZNI HAM DAʼVAT ETAMAN!
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, tuman hokimi Bobomurodov Bekzod Nuriddinovich 5-sonli maktabda bo‘lib, ushbu ob’yektning isitish tizimi, uning holati bilan tanishdi.
янв.21
Deputatlar faolligi - faravonlikka tayanch
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, tuman hokimi Bekzod Bobomurodov ushbu mahallada bo‘lib, tegishli mas’ullar bilan birgalikda mahallada amalga oshirilayotgan bir qator ishlar bilan tanishdi.
янв.21
⚡️⚡️⚡️MUNOSABAT Prezidentimiz 2025-yilda Oliy Majlis va xalqimizga yo'llagan murojaatnomasida aholini 2026-yilda belgilab qo'yilgan ustuvor vazifalar bilan tanishtirdi.
янв.21
Har bir fuqaro islohotlar natijasini kundalik hayotida his etishi kerak
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi huzurida tashkil etilgan Xalqparvar komissiyaning birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Murojaatnomasi
Ishtixonda korrupsiyaga qarshi kurash, ochiqlik va jamoat xavfsizligiga doir masalalar muhokama qilindi

Bugun Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar, tuman huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari, mas’ul rahbarlar, shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda mamlakatda korrupsiyaga qarshi tizimli kurash, davlat organlarining ochiqligi va jamoat xavfsizligini ta’minlashga doir Prezident farmonlari va qonunchilik hujjatlari ijrosining hududiy darajadagi holati muhokama qilindi.

PF-5633-sonli Farmon ijrosi: Xalq qabulxonalari faoliyati tahlil qilindi

Kun tartibining birinchi masalasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi PF-5633-sonli Farmoni – *“Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”*gi farmon ijrosini ta’minlash maqsadida 2025-yil I-choragi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Prezidentning Ishtixon tumani Xalq qabulxonasi mudiri A. Yusupov axborot berdi.

🔍 Hisobotda tumandagi davlat tashkilotlarida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash sifati, ochiqlik tamoyillari, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni kamaytirishga doir chora-tadbirlar, shuningdek, qabulxonalarga kelib tushayotgan asosiy murojaatlar tahlili atroflicha yoritildi.

A. Yusupov Xalq qabulxonalari orqali yechim topayotgan muammolar soni ortib borayotgani, fuqarolarning davlat organlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash borasida qator ijobiy siljishlar kuzatilayotganini alohida qayd etdi.

Huquqbuzarliklarning oldini olish va jamoat xavfsizligi

Yig‘ilishda keyingi masala – O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 25-moddasi ijrosi yuzasidan tumanda huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Mazkur yo‘nalish bo‘yicha Ishtixon tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Sh. Tog‘ayev hisoboti tinglandi.

👮‍♂️ Hisobotda jinoyatchilikka qarshi kurash, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, mahalla va ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda olib borilayotgan profilaktik tadbirlar haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, jamoat tartibini saqlash, xavfsizlik kameralarining qamrovi, patrul xizmatining samaradorligi bo‘yicha ham raqamli ko‘rsatkichlar taqdim etildi.

Deputatlar tomonidan Ichki ishlar bo‘limi bilan mahalla yettiligi o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, tuman markazida va chekka hududlarda xavfsizlik choralarini takomillashtirish yuzasidan takliflar bildirildi.

Yakuniy xulosalar

✅ Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi har ikki masala yuzasidan deputatlar tomonidan tegishli taklif va mulohazalar bildirildi.

✅ Mutasaddilarga mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, korrupsiyaga qarshi kurashishda ochiqlik va shaffoflik tamoyillarini kuchaytirish, fuqarolar murojaatlariga zudlik bilan munosabat bildirish yuzasidan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish topshirildi. 

Slide 1 of 3