Yangiliklar

Депутатнинг ўз сайловчилари олдидаги ахбороти

“Adolat”SDP Guliston shahar Kengashi deputati Baxodir Normatov “Korrupsiyaga qarshi kurashish” oyligi doirasida “Bo‘lajak kadrlarni halollik vaksinasi bilan emlash – davr talabi” mavzusida 17-umumtaʼlim maktabida maktab o'quvchilari ishtirokida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Korrupsiya - taraqqiyot kushandasi, xavfsizlikka tahdid tug‘diruvchi jinoyat .Oddiy misol sifatida, yoshlarga taʼlim beruvchi muassasalardagi korrupsion holatlarning uchrab turishi, ularning isteʼdodini, iqtidorini to‘la namoyon qilishlariga to‘sqinlik qilib, ularda davlatga va jamiyatga nisbatan salbiy qarashlarning shakllanishiga olib keladi. Tadbirda ishtirok etganlar tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashishda murosasiz bo‘lish va “Halollik vaksinasi” haqida yoshlar o‘rtasida kengroq tushuntirish ishlarini olib borish lozimligi taʼkidlandi

Slide 1 of 1