Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputatlik nazorati: kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi

O‘rganish jarayonida “Arslonboyli” mahallasida joylashgan Bo‘yrabob oilaviy shifokorlik punktida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, xususan, isitish tizimi va mavjud isitish qurilmalarining holati ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, tibbiyot muassasasida bemorlar va tibbiyot xodimlari uchun mavsum davomida zarur sharoitlarni ta’minlash, isitish tizimining uzluksiz va samarali ishlashini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.

O‘rganish natijalari asosida mavjud holat bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda muassasaning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini ta’minlash yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.

Deputatlik nazorati — ijtimoiy soha ob’ektlarida mavsumiy tayyorgarlikni ta’minlash, aniqlangan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish va aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish uchun muhim omildir.

Slide 1 of 3