Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

FUQAROLAR BILAN OCHIQ MULOQOT

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi raisi Abdullayeva Barno Sayfutdinovna o‘ziga biriktirilgan saylov okrugida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida fuqarolarning murojaatlari, taklif va muammolari tinglandi. Aholini qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan tegishli mas’ullarga topshiriq va tavsiyalar berildi.
Shuningdek, ko‘tarilgan masalalarni o‘rganish, ularning qonunchilik doirasida yechimini topish hamda ijrosini nazoratga olish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.
📌 Fuqarolar bilan bevosita muloqot — muammolarni o‘rganish va amaliy yechim topishning muhim vositasidir.

Slide 1 of 2