Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati Sobirjon Allayarov hududni ko‘chama-ko‘cha o‘rganish davomida “Ijtimoiy reestr”da turgan oilalar — B. Bakirova va G. O‘daevalarning yashash sharoitlarini o‘rgandi.
O‘rganish davomida oilalarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarning holati hamda ularning amaldagi tartibda tashkil etilishi yuzasidan tegishli masalalar ko‘rib chiqildi.
Aniqlangan holatlar bo‘yicha mas’ul korxona va tashkilotlar tomonidan ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarni qonuniy nazoratga olish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Deputat nazorati — aholi manfaatlari va ijtimoiy himoya kafolati!