Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH BO‘YICHA O‘RGANISHLAR OLIB BORILMOQDA

Mahallalarda aholi bilan individual ishlash, fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitini o‘rganish, ishsiz fuqarolarni doimiy ish bilan ta’minlash, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

📝Shu maqsadda Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Sh.Kattaxodjayev tomonidan mahallalarda xonadonbay o‘rganish ishlari olib borildi.

🔺O‘rganishlar davomida fuqarolarning murojaatlari, bandlik masalalari, oilalarning daromad manbalarini oshirish imkoniyatlari hamda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ehtiyojlari o‘rganildi.

🔺Shuningdek, ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga yo‘naltirish, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risida ma’lumot berish, tadbirkorlikni boshlash istagidagi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash va davlat tomonidan taqdim etilayotgan imtiyoz hamda imkoniyatlardan foydalanish masalalariga e’tibor qaratildi.

Bizni kuzatishda davom eting!