Yettinchi chaqriq Xalq deputatlari tuman Kengashining 6-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Shokirov raisligida o‘tgan sessiya ishida tuman kengashi depuatlari, kun tartibidagi masalalarga aloqador tashkilotlarning rahbar hamda mas’ullari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.
Sessiya kun tartibida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Bulung‘ur tumanidagi xalq qabulxonasi mudiri Sh.Narmatovning, tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i E.Davronovning axboroti, tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i B.Isokovning hisoboti, Senatning 2024-yil 29-noyabrdagi KQ-5-V-sonli qarorining ijrosi, tuman Kengashi va doimiy komissiyalarning 2025-yilga mo‘ljallangan ish rejasini tasdiqlash, tumani Kengashi huzurida Kambag‘allikni qisqartirish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha komissiyasining komissiya tarkibini va Nizomini tasdiqlash to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqildi.
XALQ DEPUTATLARI BULUNG'UR TUMANI KENGASHI