O‘zbekiston «Adolat» SDP Yashnobod tumani Kengashi raisi, deputat - Zuhra Ubaydullayeva tomonidan sog‘liqni saqlash sohasi xodimlari ishtirokida «Milliy madhiya — milliy g‘urur» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
❗️Tadbirda sog‘liqni saqlash tizimi xodimlari, partiya faollari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
🔹 Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi mazmun-mohiyati, uning davlat ramzlaridan biri sifatidagi ahamiyati, xalqimizning milliy g‘ururi, Vatanga muhabbati va yurtga sadoqatini ifoda etishi haqida fikr yuritildi.
🔹 Shuningdek, davlat ramzlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, ularning mazmun-mohiyatini chuqur anglash, yosh avlod va jamoatchilik o‘rtasida vatanparvarlik tuyg‘ularini yuksaltirish masalalari muhokama qilindi.