MUNCHOQ MAHALLASIDA TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH HOLATI O‘RGANILDI
✅ Munchoq saylov okrugi deputati M.Boltayeva o‘z saylov okrugidagi Munchoq mahallasida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish holatini o‘rganish maqsadida tibbiyot tayanch punkti faoliyati bilan tanishdi.
✅ O‘rganish davomida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati, tibbiyot tayanch punktida yaratilgan sharoitlar, mavjud muammolar hamda fuqarolarning tibbiy xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojlari ko‘rib chiqildi.
✅ Shuningdek, aholiga tibbiy xizmatlarni yanada yaqinlashtirish, profilaktik ko‘riklarni sifatli tashkil etish va mavjud muammolarni bartaraf etish masalalariga e’tibor qaratildi.