🟢 Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat holati o‘rganildi
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi deputati, 19-Sherobod saylov okrugi deputati A. Choriyev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S. Safarov tomonidan “Oltinvoha” mahalla hududdagi 84-son oilaviy shifokorlik punkti faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida fuqarolarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar holati, aholiga birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish sifati, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari bilan ishlash, shuningdek, patronaj xizmatining tashkil etilishi va samaradorligi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, hududdagi mavjud muammolarni aniqlash, ularni bartaraf etish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini yanada yaxshilash yuzasidan tegishli masalalar muhokama qilindi.
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.