Deputatlar hududdagi "Mahalla yettiligi" a’zolari hamda aholi vakillari bilan muloqot o‘tkazib, Senat qarorida belgilangan birgalikdagi vazifalar ijrosini muhokama qildilar. Uchrashuv davomida ko‘rilgan asosiy masalalar:
Birgalikdagi o‘rganishlar:
"Mahalla yettiligi" bilan hamkorlikda hududdagi ijtimoiy muhofazaga muhtoj oilalar va xatlov natijalarini ko‘rib chiqish;
Muammolarni joyida hal etish:
Aholi tomonidan ko‘tarilgan infratuzilma, bandlik va ijtimoiy masalalarni deputatlik nazorati hamda "yettilik" imkoniyatlari orqali hal etish;
Kuz-qish mavsumi xavfsizligi:
"Mahalla yettiligi"ga aholi o‘rtasida kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, isitish moslamalaridan to‘g‘ri foydalanish hamda is gazining oldini olish bo‘yicha keng ko‘lamli targ‘ibot va tushuntirish ishlarini olib borish tavsiya etildi;
Nazorat va ijro:
Har bir murojaat hamda mavsumga tayyorgarlik masalalari bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar belgilanib, ijrosi deputatlar tomonidan alohida nazoratga olindi.
Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi kotibiyati