Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi Raisi, deputati Yusupov Ravshan Abilovich o‘z saylov okrugiga kiruvchi hududida bo‘lib, sport maydonchasi holatini joyiga chiqib o‘rgandi.
🔎O‘rganish davomida sport maydonchasining mavjud holati, maydonning obodonlashtirilishi hamda foydalanish jarayonidagi muammolar atroflicha ko‘zdan kechirildi.
🏗Shuningdek, sport maydonchasini yanada obod qilish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, zarur jihozlarni yangilash va aholi, ayniqsa yoshlar uchun qulay hamda xavfsiz sport muhitini yaratish yuzasidan tegishli mutasaddilar bilan fikr almashildi.
📝O‘rganish jarayonida deputatlik faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida ishlab chiqilgan 24 ta tavsiyaviy savol hamda 162 ta muhim qonun talablari asosida mahalladagi mavjud holat kompleks tahlil qilindi. Aniqlangan muammo va takliflar **“Ko‘chama-ko‘cha deputat daftari”**ga qayd etilib, ularning ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.
Bizni kuzatishda davom eting!