#Kotibiyat_mudiri_faoliyati
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov tomonidan Sho‘rtepa mahallasida faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodimning kundalik faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
O‘rganish davomida ijtimoiy xodim tomonidan aholining, ayniqsa, ijtimoiy ko‘makka ehtiyoji bo‘lgan fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish, mavjud muammolarini aniqlash va ularga amaliy yordam ko‘rsatish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar samaradorligini oshirish, murojaatlarni e’tibordan chetda qoldirmaslik hamda fuqarolarga zarur ko‘makni o‘z vaqtida yetkazish masalalariga e’tibor qaratildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|