35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahallada amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi
янв.21
Mahalliy budjet va tashabbusli budjet masalalari muhokama qilindi
янв.21
Aholi bandligi va daromadlarini oshirish masalalari o‘rganildi
янв.21
Ehtiyojmand oilalar holidan xabar olindi
янв.21
Aholi murojaatlari va takliflari tinglandi Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi deputati F. G‘oziyeva Tavois mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
YANGI O‘QUV YILI — YANGI MAQSADLAR VA YANGI MARRALAR
янв.21
Mahalladagi amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi deputati D. Sharopova tumandagi 30-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan tashkil etilgan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi.
янв.21
Maktabdagi chiqindilarni olib ketish holati o‘rganildi
янв.21
PLENUMDA FAOLIYAT SAMARADORLIGI TAHLIL QILINDI
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB OLINDI “MENING BOG‘IM” LOYIHASI IJROSI DEPUTATLIK NAZORATIDA
Fuqarolarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, hududlarni obodonlashtirish va yashil maydonlarni kengaytirishga qaratilgan “Mening bog‘im” loyihalarining o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi muhim ahamiyatga ega.

Shu maqsadda Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati M.Abdurahmanova tomonidan 2026-yilgi “Mening bog‘im” loyihalari doirasida belgilangan ishlarning o‘z vaqtida boshlanmagani yuzasidan deputat so‘rovi yuborilgan edi.

Marg‘ilon shahar hokimligining 2026-yil 27-avgustdagi 8/2053-son javob xatida mazkur masala yuzasidan tegishli ma’lumotlar taqdim etildi.

Javobda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 26-martdagi 156-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq, “Mening bog‘im” loyihalarida g‘olib deb topilgan loyihalar bo‘yicha ko‘chat ekish, hududlarni obodonlashtirish, “yashil bog‘” va “yashil jamoat parklari”ni barpo etish ishlari belgilangan muddatlarda amalga oshirilishi lozimligi qayd etilgan.

Shuningdek, 2026-yilgi “Mening bog‘im” loyihasi doirasida ishlarning o‘z vaqtida boshlanmagani yuzasidan fuqarolardan murojaatlar kelib tushayotgani, loyihaning kechikish sabablari hamda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarning bugungi holati o‘rganilgani ma’lum qilingan.

Eng muhimi, deputat so‘rovida ko‘tarilgan masala yuzasidan tegishli tashkilotga ijro uchun yo‘naltirilgan topshiriqlar deputatlik nazoratiga olingan.

Bu esa fuqarolar tashabbusi asosida shakllantirilgan loyihalarning qog‘ozda qolib ketmasligi, g‘olib loyihalarning amaliy natijaga aylanishi va belgilangan ishlarning o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlashda deputatlik nazoratining muhim o‘rin tutayotganini ko‘rsatadi.

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari tomonidan aholi murojaatlarida ko‘tarilayotgan masalalarni joyida o‘rganish, mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborish va ularning ijrosini nazorat qilish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Slide 1 of 2