35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholi bandligi va daromadlarini oshirish masalalari o‘rganildi
янв.21
Ehtiyojmand oilalar holidan xabar olindi
янв.21
Aholi murojaatlari va takliflari tinglandi Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi deputati F. G‘oziyeva Tavois mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
YANGI O‘QUV YILI — YANGI MAQSADLAR VA YANGI MARRALAR
янв.21
Mahalladagi amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi deputati D. Sharopova tumandagi 30-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan tashkil etilgan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi.
янв.21
Maktabdagi chiqindilarni olib ketish holati o‘rganildi
янв.21
PLENUMDA FAOLIYAT SAMARADORLIGI TAHLIL QILINDI
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining 14-Tavois saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati F. G‘oziyeva tomonidan saylov okrugida joylashgan oilaviy poliklinikada aholini bepul dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Sh. Ochilov tomonidan Tojikon mahallasida aholini qiynab kelayotgan muammolar o‘rganilib, ularning yechimi yuzasidan muhokama o‘tkazildi.
Mahalladagi ishlar va aholi murojaatlari deputatlar nazoratida


Mahallalarda aholi bilan ochiq va samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish, fuqarolarni qiynayotgan masalalarni o‘z vaqtida aniqlash, ularning qonuniy yechimini ta’minlash hamda mahalla faoliyatini yanada takomillashtirish borasidagi ishlar mahalliy Kengash deputatlari tomonidan tizimli ravishda nazorat-tahlil qilib borilmoqda.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, deputat D.Normuradova, Kengashning 8-“O‘zbekiston” saylov okrugi deputati M.Ruziyeva hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurovlar “O‘zbekiston” mahallasi faollari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi.

Yig‘ilish davomida mahalladagi mavjud holat, mahalla faollarining o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarishi, aholi bilan ishlash samaradorligi, fuqarolar murojaatlarini o‘rganish hamda hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha muhokama qilindi.

Mazkur nazorat-tahlil jarayoni mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari asosida tashkil etildi. Unda mahalla hududidagi ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yish, aholi muammolarini “xonadonbay” o‘rganish, murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ularning yechimini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Dastlab, mahalladagi faoliyat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi “Mahalla boshqaruvini samarali tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–116-son Farmoni talablari asosida tahlil qilindi. Farmonda belgilangan vazifalarning joylarda ijrosini ta’minlash, mahalla institutining aholi muammolarini hal etishdagi rolini kuchaytirish va mahalla faollarining mas’uliyatini oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Suhbat davomida mahalla raisi va faollarining aholi bilan ishlash amaliyoti, murojaatlarni ko‘rib chiqish holati, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, bandlikni ta’minlash, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash, hududda obodonlashtirish hamda mavjud muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish borasidagi faoliyatiga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, mahalla faollari tomonidan hududda uchrayotgan ayrim muammolar, aholi tomonidan bildirilayotgan taklif va murojaatlar yuzasidan ma’lumotlar berilib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli fikr va takliflar bildirildi. Aniqlangan masalalarni tegishli mutasaddi tashkilotlarga yo‘naltirish, ijrosini nazoratga olish va natijasi bo‘yicha aholini xabardor qilish muhim vazifa ekani ta’kidlandi.

Yakunda mahalla faoliyatini yanada takomillashtirish, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.