Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Mirabdullayev tomonidan “Toshkent viloyati suv ta’minoti” korxonasida Oʻzbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi o‘rganildi.
🔺O‘rganish davomida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, uni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish, xodimlarning xizmat vazifalarini bajarish jarayonida shaxsiy manfaatdorligi bilan xizmat majburiyatlari o‘rtasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan qarama-qarshiliklarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🔺O‘rganish natijasida korxona xodimlari o‘rtasida "Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida"gi Qonunning mazmun-mohiyati va talablarini keng targ‘ib qilish, xodimlarning huquqiy bilimini oshirish, korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish hamda xizmat faoliyatida shaffoflik va ochiqlikni ta’minlash boʻyicha korxona rahbari S.Radjapov bilan atroflicha suhbatlashildi.
🔺Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, qonun talablarini to‘liq va sifatli ijrosini ta’minlash, manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq holatlarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning oldini olish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.