O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligini munosib kutib olish, mahallalarda obodlik va fayzli muhitni ta’minlash maqsadida Yunusobod tumanida obodonlashtirish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
🇺🇿Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Usmanov Nigmatulla Rixsiboyevich tomonidan “Oqtepa” mahallasi hududidagi obodonlashtirish ishlari tashkillashtirildi.
🌿Ko‘chalar va jamoat joylarining sanitariya holatini yaxshilash, hududlarni tozalash, tartibga keltirish hamda ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
✨Bayram arafasida mahalla hududining tashqi qiyofasini yanada chiroyli ko‘rinishga keltirish, aholi uchun ozoda, qulay va obod muhit yaratish borasidagi ishlarni sifatli tashkil etish yuzasidan tegishli mas’ullarga tavsiyalar berildi.
🤝Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi tomonidan hududlarda obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar deputatlik nazorati asosida izchil davom ettiriladi.
🇺🇿 Obod mahalla — farovon hayot garovi!
Bizni kuzatishda davom eting!