35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

FUQAROLAR MUROJAATI O‘RGANILDI

Sobirobod mahallasida fuqarolar murojaati asosida amaliy yordam ko‘rsatildi.

🇺🇿Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Normetova Sabura tomonidan «Sobirobod»mahallasi, 10-uy, 29-xonadonda yashovchi fuqaro Zaykin Yuriy Nikolaevichning pensiya bilan bog‘liq murojaati o‘rganildi.

🤝Mazkur masala mahalla raisi bilan hamkorlikda ko‘rib chiqilib, fuqaroga pensiya tayinlash va to‘lovlari yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi hamda muammo amaliy tartibda hal etildi.

➖Deputat tomonidan fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash hamda mavjud muammolarni joyida hal etish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting!