Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan biriktirilgan tashkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlash, qonuniylik va xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.
🔎 Shu doirada doimiy komissiya raisi, tuman Kengashi deputati N. Dusmurodov Pastdarg‘om tuman prokuraturasida bo‘lib, tashkilotning faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
🤝 Hamkorlik davomida qonuniylikni ta’minlash, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda korrupsiyaviy holatlarga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.
📌 Shuningdek, doimiy komissiya va tuman prokuraturasi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish, mavjud muammolarni birgalikda o‘rganish va ularning yechimiga ko‘maklashish masalalariga e’tibor qaratildi.