Deputatlik so‘rovi ijrosi yuzasidan ma’lumot berildi
✅ Xalq deputatlari Boysun tuman Kengashi deputati tomonidan «Avlod» mahallasini 2027–2037 yillarga mo‘ljallangan kompleks rivojlantirish dasturini ishlab chiqish yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘rovi tuman hokimligi tomonidan ko‘rib chiqildi.
✅ Ma’lum qilinishicha, mahallaning tog‘li hududda joylashganligi, ijtimoiy-iqtisodiy holati, infratuzilmasi hamda tabiiy xavflar inobatga olingan holda, uzoq muddatli rivojlantirish dasturini ishlab chiqish muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
✅ Shuningdek, mazkur dasturni tayyorlashda geologlar, iqtisodchilar va infratuzilma sohasi mutaxassislarining xulosalari, budjet imkoniyatlari hamda investitsiya loyihalarini har tomonlama o‘rganish zarurligi ta’kidlangan.
✅ Hozirgi kunda mahallani kompleks rivojlantirish bo‘yicha dastlabki tahliliy ma’lumotlarni to‘plash, muammoli masalalarni aniqlash hamda ishchi guruhni shakllantirish yuzasidan tegishli ishlar olib borilmoqda.
✅ Kelgusida ishlab chiqiladigan dastur mahallaning ijtimoiy va iqtisodiy salohiyatini yanada yuksaltirish, aholi turmush farovonligini oshirish hamda hudud infratuzilmasini takomillashtirishga xizmat qilishi kutilmoqda.