🏘 DEPUTAT O‘Z SAYLOV OKRUGIDA: KO‘CHAMA-KO‘CHA YURIB, AHOLI MUROJAATLARINI O‘RGANDI
📍 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri, 25-Tallashqon saylov okrugi deputati O. Tursunov tomonidan o‘z saylov okrugiga kiruvchi Boyqishloq mahallasida aholi bilan manzilli ishlash va hududdagi mavjud muammolarni o‘rganish maqsadida ko‘chama-ko‘cha yurib o‘rganish ishlari olib borildi.
🚶♂️ O‘rganish davomida xonadonlarga tashrif buyurilib, fuqarolarning murojaat va takliflari tinglandi hamda hududdagi muammolar bevosita joyida ko‘zdan kechirildi.
📖 Ko‘chama-ko‘cha yurish jurnali asosida amalga oshirilgan o‘rganishlarda tashrif buyurilgan hududlar va aniqlangan masalalar qayd etib borildi.
🔎 Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar o‘rganilib, ularni hal etish yuzasidan tegishli choralar belgilandi.
📨 Aniqlangan muammolarni bartaraf etish maqsadida tegishli mas’ullarga deputatlik so‘rovlari yuborildi.
🤝 Bunday manzilli o‘rganishlar deputatning o‘z saylov okrugidagi faoliyatini bevosita aholi hayoti bilan bog‘lash, muammolarni joyida aniqlash va ularning yechimini ta’minlashga xizmat qilmoqda.
🎯 Har bir ko‘cha — e’tiborda, har bir murojaat — nazoratda!
🏘 Ko‘chama-ko‘cha yurib, muammolarni joyida o‘rganish — amaliy natija sari muhim qadam.
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.