35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholi murojaatlari tinglandi.
янв.21
Malikobod mahallasida yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining 1-Malikobod saylov okrugidan saylangan deputati G‘. Safarov xizmat safarida ekanligi sababli, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi D. Qanoatov tomonidan Malikobod mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Aholi xonadonlaridagi muammolar o‘rganildi
янв.21
Ayollar murojaatlari tinglandi
янв.21
Malikaobod mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Fuqaroga bepul yuridik maslahat berildi
янв.21
Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holati o‘rganildi
янв.21
Ayollar bandligi va oilaviy masalalar o‘rganildi
“Tong yulduzi” mahallasida ko‘chama-ko‘cha o‘rganish o‘tkazildi

Xalq deputatlari Muzrabot tuman Kengashi kotibiyati mudiri Sherboyev Dilmurod tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B.Xoliqov birgalikda Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi deputati Suvanov Ashurbek Ilhom o‘g‘li  saylangan 24-"Navbahor" saylov okrugiga qarashli "Tong yulduzi" mahallasida navbatdagi ko‘chama-ko‘cha aylanib o‘rganish tadbirlarini amalga oshirdi.

Mahalladagi 11 ta ko‘chaning har biri bo‘ylab xonadonlarga tashrif buyurilib, fuqarolar bilan bevosita muloqot qilindi.
Tadbir mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining 24 ta ustuvor yo‘nalishi asosida tashkil etildi. O‘rganishlar davomida aholining bandligi, tomorqalardan samarali foydalanish holati, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning turmush sharoiti, kommunal xizmatlar sifati, ichimlik suvi va elektr ta’minoti, ichki yo‘llarning holati, obodonlashtirish hamda hududda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari atroflicha ko‘zdan kechirildi.

Ko‘chama-ko‘cha o‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan barcha muammolar deputatning maxsus nazorat jurnaliga qayd etildi.

Slide 1 of 5