Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashi kotibiyati xodimlari tomonidan Kengash qarori ijrosi yuzasidan joyiga chiqib o‘rganish o‘tkazildi.
🔎 O‘rganish davomida PQ-49-sonli qaror asosida 4 ta oilaga jami 240 mln so‘m mablag‘ ajratilgani va ushbu mablag‘larning belgilangan maqsadlarda o‘zlashtirilishi holati ko‘rib chiqildi.
Mazkur jarayonda tuman Moliya va iqtisodiyot bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda ajratilgan mablag‘larning amaldagi holati hamda maqsadli sarflanishi o‘rganildi.