📌 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining ish rejasi hamda deputatlik faoliyatining 24 ta yo‘nalishi doirasida navbatdagi o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
🏛 O‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi deputati, G‘ambur mahallasi raisi S. To‘rayeva hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S. Safarov ishtirok etdilar.
🤝 O‘rganish davomida G‘ambur mahallasida faoliyat yuritayotgan mahalla “yettiligi” a’zolarining ishlari, jumladan, ijtimoiy xodim Sh. Ziyoqulovaning aholiga ko‘rsatayotgan xizmatlari atroflicha o‘rganildi.
📋 Jarayonda aholining murojaatlari bilan ishlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga ko‘rsatilayotgan yordamlar, mahallada amalga oshirilayotgan ishlar hamda mavjud muammolar tahlil qilindi.
✅ O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni bartaraf etish, aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
✨ Bunday amaliy o‘rganishlar deputatlik nazoratini kuchaytirish, mahalla va aholi manfaatlarini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.