Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi deputati S.Abduvaliyeva tomonidan Xalqobod mahallasida joylashgan “Universal Cluster” MChJ faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
Tashrif davomida korxonaning ishlab chiqarish jarayonlari, yaratilgan ish o‘rinlari hamda mehnat jamoasi uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, korxona faoliyatini yana-da rivojlantirishga oid masalalar yuzasidan fikr almashildi.