35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalla faoliyati o‘rganilmoqda
янв.21
MAHALLA FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Yoshlar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mahalla faoliyati o‘rganildi
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot
янв.21
Maktab kutubxonalari holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi
янв.21
Deputat hududdagi obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi
янв.21
Yoshlar kuni munosabati bilan Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi raisi U. Bobojonov, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig‘i L. Oblаqulov hamda tuman tashkilotlari rahbarlari Qiziltepa tumanida joylashgan 5-son jazoni ijro etish muassasasiga bo'lishdi.
янв.21
Mahalladagi soliq inspektori faoliyati o‘rganildi
MAHALLADAGI TOZALIK VA OBODONLASHTIRISH HOLATI TANQIDIY O‘RGANILDI

#Deputatlik_nazorati #Kotibiyat_hududlarda #24_ta_tavsiyaviy_savol #haftalik_ish_reja_ijrosi #dolzarb_40_kunlik #deputatlik_guruhlari

MAHALLADAGI TOZALIK VA OBODONLASHTIRISH HOLATI TANQIDIY O‘RGANILDI

🗂 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputatlarining 24 ta tavsiyaviy savolnomasi ijrosi hamda “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida "Adolat" SDPning xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashidagi deputatlik guruhi a'zolari, tuman deputatlari Usmanov Anvar Baxramovich hamda Malikova Saodat Tolipovnalar tomonidan Birlik mahallasida obodonlashtirish va sanitariya holati tanqidiy o‘rganildi.

⚠️ O‘rganish davomida mahalla hududining ayrim ko‘chalari va ko‘p qavatli uylar atrofida maishiy chiqindilar o‘z vaqtida olib chiqilmagani, qurigan barglar tozalanmagani hamda hududlarning sanitariya holati talab darajasida emasligi aniqlandi. Bu holatlar aholining haqli e’tirozlariga sabab bo‘layotgani qayd etildi.

🔴 Shuningdek, hududga xizmat ko‘rsatuvchi “Zolotoy Znak” BSK tomonidan obodonlashtirish, tozalikni saqlash va yashil hududlarni parvarishlash ishlari yetarli darajada tashkil etilmagani tanqidiy muhokama qilinib, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish bo‘yicha mas’ullarga e’tiroz bildirildi.

📝 O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, hududni to‘liq tartibga keltirish hamda sanitariya holatini yaxshilash yuzasidan mas’ul tashkilotlarga aniq topshiriqlar berildi. Mazkur masalalar deputatlik nazoratiga olinib, ularning ijrosi yuzasidan qayta monitoring o‘tkazilishi belgilandi.

Slide 1 of 4