35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat hududdagi obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi
янв.21
Yoshlar kuni munosabati bilan Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi raisi U. Bobojonov, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig‘i L. Oblаqulov hamda tuman tashkilotlari rahbarlari Qiziltepa tumanida joylashgan 5-son jazoni ijro etish muassasasiga bo'lishdi.
янв.21
Mahalladagi soliq inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
Maktab kutubxonasi holati deputat nazoratida
янв.21
"Dolzarb 40 kunlik" oyligi doirasida Oboddiyor mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputat fuqarolar murojaatlarini o‘rgandi
янв.21
Yoshlar masalalari doimiy e'tiborda
янв.21
Deputat tomonidan oilaviy bog‘cha faoliyati o‘rganildi
янв.21
Obodonlashtirish ishlari nazoratda
JAMOAT TRANSPORTI XIZMATI SIFATI VA TIRBANDLIKLARNING OLDINI OLISH MASALALARI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining 20-“Ulug‘bek” saylov okrugidan saylangan deputat Sultonov Azimjon O‘ktam o‘g‘li tomonidan jamoat transporti xizmatlari sifati hamda tirbandliklarning oldini olish masalalari yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.Deputat joyiga chiqqan holda jamoat transporti qatnovi, yo‘lovchilar uchun yaratilgan sharoitlar, shuningdek, amaldagi tarif tizimining qo‘llanilish holatini ko‘zdan kechirdi. Shuningdek, avtobuslardan foydalanayotgan fuqarolar bilan muloqot o‘tkazilib, ularning transport xizmatlari sifati, yo‘l haqi tariflari va mavjud muammolar yuzasidan fikr-mulohazalari tinglandi.Shu kabi o‘rganishlar orqali hududlarda jamoat transporti xizmatlarini yanada yaxshilash, yo‘lovchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda tirbandliklarni kamaytirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqilmoqda.Aholidan kelib tushgan murojaat va takliflar tegishli tartibda umumlashtirilib, masalani hal etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilishi nazoratga olinadi.  

Slide 1 of 3