🔷 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyati mudiri, 24-Gulshan saylov okrugi deputati Masharipov Izzat Masharipovich hamda 1-Komiljon Otaniyozov saylov okrugi deputati Kariyev Mansur Omongaldiyevich tomonidan Shovot tumani "Yangiobod" mahallasidagi ichki ko‘chalarni asfaltlash ishlari joyiga chiqib o‘rganildi va monitoring qilindi.
🏗 Mazkur loyiha Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining 2026-yil 31-martdagi VII-20-37-12-0-K/26-son qarorining 6-ilovasiga muvofiq, Shovot tumanida "Yangi Oʻzbekiston qiyofasi" dasturi doirasidagi loyihalarni zarur infratuzilma bilan taʼminlash maqsadida 2026-yilda davlat budjetida nazarda tutilgan mablagʻlarning sarflanishi boʻyicha Manzilli dasturga kiritilgan.
🏫 Loyiha doirasida "Yangiobod" mahallasidagi M. Sapayev va Yangiobod ko‘chalarining 1,6 kilometr qismi asfaltlanishi belgilangan.
✅ O‘rganish davomida buyurtmachi tashkilot – "Xorazm mintaqaviy yoʻllarga buyurtmachi xizmati" DM mas’ul vakillari tomonidan olib borilayotgan qurilish ishlari ko‘zdan kechirildi.
🤝 Amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari mahalla aholisining kayfiyatini ko‘tarib, ularning turmush sharoitini yanada yaxshilashga xizmat qilmoqda. Fuqarolar ushbu loyihani mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasidagi munosib tuhfa sifatida mamnuniyat bilan qabul qilmoqdalar.