Hashar davomida hududdagi daraxtlar sug‘orilib, begona o‘tlar tozalandi, sanitariya holatini yaxshilash hamda qabriston hududini obod saqlashga qaratilgan ishlar amalga oshirildi.
Tadbirda Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashining 14-Ziyolilar saylov okrugidan saylangan deputati Fazliddin Umarov ham ishtirok etib, mahalla faollari, tashkilotlar vakillari va jamoatchilik bilan birgalikda obodonlashtirish ishlarida qatnashdi.
Ta'kidlanganidek, "Dolzarb 40 kunlik" tadbirlari doirasida amalga oshirilayotgan bunday hasharlar shahar hududlarini obod va ozoda saqlash, tarixiy qadamjolarni asrab-avaylash hamda Mustaqilligimizning 35 yillik bayramini munosib kutib olishga xizmat qilmoqda.
️ Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi