Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Ibragimov Yoʻldoshbek mahalla aholisi bilan navbatdagi uchrashuvni oʻtkazib, fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlarni atroflicha oʻrgandi.
🔠Muloqot davomida hududdagi mavjud muammolar yuzasidan taklif va fikrlar tinglanib, ularni bartaraf etishning amaliy yechimlari muhokama qilindi. Bildirilgan murojaatlar asosida masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, zarur hollarda deputatlik soʻrovi kiritish hamda ijrosini qatʼiy nazoratga olish belgilandi.
➡️Fuqarolar bilan ochiq muloqot oʻtkazish, ularning murojaatlariga oʻz vaqtida munosabat bildirish va hududdagi mavjud muammolarni tizimli hal etish xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputatlari faoliyatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi.
Bizni kuzatishda davom eting!