Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputati Sevara Qodirova tomonidan “Kimyogar” mahallasida aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan o‘rganish olib borildi.
O‘rganish jarayonida deputat mahalla hokim yordamchisining bugungi kungacha bajargan faoliyatini atroflicha tahlil qildi. Xususan:
Tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan aholiga imtiyozli kreditlar ajratish;
Fuqarolarning o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishiga amaliy ko‘maklashish;
Hududda yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar ko‘zdan kechirildi.
Olib borilgan tizimli ishlar natijasida “Kimyogar” mahallasida ishsizlar soni sezilarli darajada kamayishiga erishilganligi hamda tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatilgan amaliy yordamlar deputat tomonidan ijobiy baholandi.
📋 Mas’ul: Kotibiyat bosh mutaxassisi Mukarram Nematullayeva.