Oʻrganish davomida loyiha doirasida amalga oshirilishi belgilangan ishlar, mavjud elektr tarmoqlarining holati hamda aholini barqaror elektr energiyasi bilan taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.
Mazkur hududda elektr tarmoqlarini kabellashtirish ishlari rejalashtirilgani qayd etilib, loyihaning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishi yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Hududlarda zamonaviy muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish ishlari deputat nazoratida.