“O‘zbekiston–2030” strategiyasi ijrosi deputatlik nazoratida
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan “O‘zbekiston–2030” strategiyasining suv resurslaridan foydalanish yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish holati to‘g‘risida”gi masala yuzasidan deputatlik nazorati doirasidagi o‘rganish ishlari davom etmoqda.
Mazkur o‘rganishlar doirasida Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati D. Jabborova tomonidan Xonchorbog‘ mahallasining Vatanparvar-1 ko‘chasida yashovchi ko‘chaboshi Ismatov Narzullo hamrohligida namunali va eng obod xonadonlardan birida bo‘linib, tomorqa va sug‘orish tizimi holati bilan yaqindan tanishildi.
O‘rganish davomida xonadonda suvdan oqilona foydalanish, tomorqa maydonlarini samarali sug‘orish, mavjud sug‘orish tizimining holati hamda suv tejovchi texnologiyalarni qo‘llash amaliyoti ko‘zdan kechirildi.