Hududlarda ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va obodonlashtirish ishlari koʻzdan kechirildi
Hududlarda ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va obodonlashtirish ishlari koʻzdan kechirildi
Viloyat Kengashi deputati J.Rahmonov, "Madad" NTT mutaxassisi S.Usmonov, Kengash raisi S.Qodirov, kotibiyat mudiri Gʻ.Uzoqov, O'zLiDeP tuman Kengashi raisi V.Parmonova ekspert guruhi aʼzosi A.Mirzayev, Yoshlar maslahat guruhi aʼzosi L.Mansurjonova hamda mutaxassislar J.Ergashev va O.Nosirovlar Hamid Olimjon MFYga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida mahalladagi "Yettilik" aʼzolari, nuroniylar hamda koʻcha oqsoqollari bilan birgalikda:
Hududda istiqomat qilayotgan kam taʼminlangan, boquvchisini yoʻqotgan va ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalar xonadonlarida boʻlinib, ularning holidan xabar olindi;
Tumanda "Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla" mezonlari asosida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ishlar bilan yaqindan tanishildi.
Aholining ijtimoiy muhofazasini kuchaytirish hamda mahalla va koʻchalarni obod qilish borasidagi amaliy ishlar davom etmoqda.