#162_Qonun
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 1-Do‘stlik saylov okrugidan saylangan deputati O‘.Omonov hududdagi avtomobil yo‘llari holatini o‘rganish maqsadida joyiga chiqib, mavjud infratuzilma va transport qatnovi uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
O‘rganish ishlari “Transport to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 2021-yil 9-avgustdagi O‘RQ–706-son talablari asosida olib borilib, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, transport infratuzilmasini rivojlantirish hamda aholiga qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli tavsiya va takliflar berilib, yo‘llarni belgilangan talablar asosida saqlash va obodonlashtirish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish yuzasidan tavsiyalar bildirildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|