35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Kulolon mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Deputat tomonidan oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yashnaobod mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi D. Qanoatov hamda O‘zbekiston "Adolat" SDP tuman Kengashi raisi M. Eshmurodova hamkorlikda Qalayi Azizon mahallasi yoshlar yetakchisining faoliyatini o‘rgandi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining 4-Oqsoch saylov okrugidan saylangan deputat R. Valiyeva Yangi Hayot mahallasida bo‘lib, aholi bandligi holatini o‘rgandi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Sh. Usmonova o‘z saylov okrugida istiqomat qiluvchi fuqarolar xonadonlariga tashrif buyurib, ularning taklif va muammolarini tingladi. Tashrif davomida oilalarning yashash sharoiti, tomorqalardan samarali foydalanish holati, tozalik va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda tomorqa madaniyatini yanada rivojlantirish yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M. Karimova o‘z saylov okrugida bo‘lib, aholi xonadonlariga tashrif buyurdi. Tashrif davomida oilalarning daromad manbalari, yashash sharoiti, tomorqalardan samarali foydalanish holati hamda mahalladagi obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashining 12-Xusbuddin saylov okrugidan saylangan deputati L. Niyozova 17-son oilaviy poliklinikaga tashrif buyurib, muassasada aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmatlar sifati, bemorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda bepul beriladigan dori-darmonlar ta’minoti holatini o‘rgandi.
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashi deputati M. Karimovaga fuqarolar tomonidan ichimlik suvi ta’minoti yuzasidan kelib tushgan murojaatlar o‘rganildi.
янв.21
Obodonlashtirish ishlari davom etmoqda
#jarayon

#jarayon

Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o'rganildi

📍Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashiga 6- okrugidan saylangan deputat K.Xakimov va kotibiyiyat mutaxasisi I.Omonboevlar tomonidan shahar hududidagi Obod Turmush mahalla fuqarolar yig‘inida o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

🗑O‘rganish davomida mahalla hududining ayrim qismida maishiy chiqindilar to‘planib qolganligi aniqlanib, mazkur holat amaldagi sanitariya va ekologiya talablariga zid ekani qayd etildi.

📖Aniqlangan holat yuzasidan tegishli choralar ko‘rilishini ta’minlash maqsadida shahar "Toza hudud" davlat unitar korxonasi rahbari hamda shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi boshlig‘i nomiga deputatlik so‘rovi yuborilishi belgilandi.

📌Deputatlik so‘rovlarida chiqindilarni belgilangan tartibda bartaraf etish, hududning sanitariya holatini yaxshilash, bunday holatlarning takrorlanishining oldini olish yuzasidan zarur choralarni ko‘rish hamda ko‘rilgan choralar natijalari to‘g‘risida belgilangan muddatlarda yozma axborot taqdim etish so‘raladi

Slide 1 of 3