✅ Mehnatobod qishlog‘ida ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va aholi turmush sharoitini yaxshilash maqsadida keng ko‘lamli qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Qishloqda ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni ta'minlash hamda zamonaviy infratuzilma ob'ektlarini yaratish yo‘nalishida bir qator ishlar olib borilgan.
🏗️ Amalga oshirilayotgan asosiy ishlar: aholini toza ichimlik suvi bilan ta'minlash tizimi tubdan yangilanib, yangi tarmoqlar tortilmoqda va transformatorlar o‘rnatilmoqda.
🔰 Yo‘l infratuzilmasi: qishloq ichki yo‘llariga tosh va asfalt yotqizish, transport qatnovini yaxshilash ishlari yakuniga yetkazilgan.
🔰 Ta'lim va sog‘liqni saqlash: maktab hamda maktabgacha ta'lim tashkilotlari binolari mukammal ta'mirlanib, zamonaviy jihozlar bilan ta'minlanmoqda. Shuningdek tibbiyot punkti faoliyati yaxshilanmoqda.
🔰 Bandlik va tadbirkorlik: hududda yangi ish o‘rinlari yaratish, aholini, xususan xotin-qizlar va yoshlarni o‘zini o‘zi band qilishi uchun sharoitlar hozirlangan – aholining asosiy
qatlami dehqon xo‘jaliklaridan iborrat.
🔰 Obodonlashtirish: qishloq qiyofasini zamonaviylashtirish, chiqindilarni olib chiqish tizimini yo‘lga qo‘yish va ko‘kalamzorlashtirish tadbirlari talablar darajasida uyushtirilayotgani aniqlandi.
👇Bizni kuzatishda davom eting👇
🇺🇿 Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi